Erdo'g’an kurdlarning Turkiyadagi o’rni va AQShning PKK/ PYD bilan bo’lgan hamkorligiga to’xtaldi

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlarining Savdo palatasi va Turk-Amerika kengashi a’zolarini qabul qilgan dasturda kurdlarning Turkiyadagi o’rni va AQShning PKK/ PYD terror tashkiloti bilan bo’lgan hamkorligiga to’xtaldi.

1141152
Erdo'g’an kurdlarning Turkiyadagi o’rni va AQShning PKK/ PYD bilan bo’lgan hamkorligiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning kurdlar bilan hech qachon, hech qanday muammosi bo’lmaganligini eslatib o’tgan holda,

“PKK/ PYD terror tashkilotini mahalliy xalq bilan bir tutishlik, kurd birodarlarimizga qilingan eng katta haqoratlardan biri hisoblanadi” dedi.

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlarining Savdo palatasi va Turk-Amerika kengashi a’zolarini qabul qilgan dasturda huddi shu masalaga to’xtaldi.

Turk-Amerika munosabatlarining barcha muammo va sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda o’tganligini qayd etgan Erdo’g’an,

“Turkiya va AQSh o’rtasida mushtarak manfaatlarga tayangan, kuchli, keng ko’lamli va strategik hamkorlik munosabati mavjud. Munosabatlarimizda vaqti-vaqti bilan farqli ko’z qarashlarga asoslangan keldi-kettilar yuz berishiga qaramay sherikligimiz bir necha qiyinchilikni uddasidan chiqa oldi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Turkiyaning Suriyada, Amerika kuchlari tark etadigan hududlarda, terrorizmga qarshi kurash javobgarchiligini qabul qilib olishga tayyor ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“DEASh terror tashkilotini butunlay yo’q qilishga va’da bergandik lekin bu ish PYD/ PKK terror tashkiloti bilan davom etdi” degan holda, buning hisobi bir necha yildan keyin bo’lsa ham so’ralishini bildirdi.

Turkiyaning o’ziga, mintaqasiga va dunyoga xavf tug’dirgan barcha terror tashkilotiga qarshi kurashda qarorli ekanligini belgilab o’tgan Prezident,

“DEASh terror tashkilotini, qo’li qonga bulangan boshqa terror tashkiloti orqali yo’q qilishga harakat qilgan sobiq (Amerika) boshqaruvining ba’zi a’zolari, birinchi kundan beri yurtimizni qoralagan propagandalarga murojaat qilmoqda. PKK/ PYD terror tashkilotini mahalliy xalq bilan bir tutishlik, kurd birodarlarimizga qilingan eng katta haqoratlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda DEASh terror tashkiloti hujumlaridan, PKK/ PYD zulmidan qochgan kurd birodarlarimiz faqatgina Turkiyada jon saqlamoqda” deya gapirdi.   

AQShning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga qurol-yaroq jihatidan yordam berishini ham tanqid qilgan Prezident Erdo'g’an,

“Lekin bularni terror tashkiloti sifatida AQSh haligacha tan ololmadi. Eng katta muammo shudir” dedi.

Prezident, Suriyaga yordam berishni xohlaganlarni, xavfsiz hududlarda, muhojirlar uchun konteyner shaharchalar tashkil etishga chaqirdi.

 



Aloqador xabarlar