Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Moskvaga safar qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bir kunlik safari chog’ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

1131198
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Moskvaga safar qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Rossiya poytaxti Moskvaga safar qiladi.

Erdo’g’an bir kunlik safari chog’ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Erdo’g’an va Putin o’zaro uchrashuvda Turkiya-Rossiya munosabatlari, mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar, jumladan Suriyadagi so’ngi vaziyat haqida fikr almashishi ko’zda tutilgan.

Shu bilan birga, ikki davlat vazirlari va rahbarlar ishtirokida hay’atlararo muzokaralarni o’tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuv Erdo’g’an bilan Putin o’rtasida 2019 yilda amalga oshiriladigan birinchi uchrashuv bo’lib hisoblanadi.

Bundan tashqari, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ham Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi.

 

 



Aloqador xabarlar