Malta prezidenti Mari Luiza Koleyro Preka Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Malta prezidenti Mari Luiza Koleyro Preka bugun Istanbulda bo’lib o’tadigan Turkiya-Malta biznes forumida ishtirok etadi.

1131139
Malta prezidenti Mari Luiza Koleyro Preka Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Malta prezidenti Mari Luiza Koleyro Preka Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan bugun, 23 yanvar kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, tashrif chog’ida bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Malta Respublikasi bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar va savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, ittifoqqa a’zo bo’lish jarayoni, mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar haqida fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Malta prezidenti Mari Luiza Koleyro Preka bugun Istanbulda bo’lib o’tadigan Turkiya-Malta biznes forumida ishtirok etadi, shuningdek ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari hamda investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashrif Malta prezidentining Turkiyaga birinchi rasmiy safari bo’lib hisoblanadi.

 

 



Aloqador xabarlar