Prezident Erdo’g’an Donald Tramp bilan telefonda muloqot qildi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an AQSh Prezidenti Donald Trampga Turkiya kurdlar bilan emas, balki terror tashkilotlariga qarshi kurashganini aytdi.

1125627
Prezident Erdo’g’an Donald Tramp bilan telefonda muloqot qildi
 

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh) Prezidenti Donald Trampga Turkiya Kurdlar bilan emas, xavfsizligiga tahdid  tashkil etgan terror tashkilotlari bilan kurashganini aytdi.

Erdo’g’an, Tramp bilan telefon orqali uchrashdi.

Trampga Suriyadan harbiylarini olib chiqish qarorini mamnuniyat bilan kutib olganini aytgan Erdo’g’an bu doirada Turkiya sifatida NATO ittifoqdoshi AQShga har turli  yordamni  berishga tayyor ekanini  eslatdi.

Uchrashuvga tegishli Prezidentlikdan berilgan izohda, o’zaro aloqalar bilan bir qatorda Suriyada sodir bo’lgan oxirgi o’zgarishlarni ko’rib chiqqanlarini  qayd  etdi.

Bergan bayonotida, mintaqada  hokimiyat bo’shligi sodir bo’lmasligi uchun Munbich yo’l xaritasiga ko’ra yakunlanishi, bundan tashqari  hududni tark etish qarorini  hayotga tatbiq etishga to’siq bo’lishni  istagan unsurlarga fursat berilmasligi kerakligini ta’kidlagan ikki lider, jamoatchilikka tuzuk ma’lumot berish masalasi  ustida to’xtaldi.

Ayni manba Erdo’g’an va Tramp, Suriyaning tuproq yaxlitligi asosida o’lkaning shimolida

terrordan tozalangan xavfsiz bir hudud tashkil etish fikrini muhokama qilganlarini ham qayd etdi.

Prezident Erdo’g’an, uchrashuvda, Turkiya kurdlar bilan hech bir  muammosi bo’lmaganini, maqsadi, milliy xavfsizligiga qarshi tahdid tashkil etgan terror tashkilotlari, DEASh, PKK va

PKKning Suriya qanoti bilan kurash deb qayd etdi.

Tramp kecha  “ Suriyadagi Kurdlarga operatsiya  uyushtirilgan taqdirda  Turk iqtisodiyotini nishon olishlarini e’lon qilishi, norozilikka sabab bo’lgan edi.

İkki lider telefon orqali muloqotida, iqtisodiy aloqalarni yana  ham yuqori bosqichlarga ko’tarish mavzusida  ham kelishuvga bordilar.  

 

 

 

.

 

 



Aloqador xabarlar