Turkiya tashqi siyosatiga nazar 52-qism

Dasturimizning bugungi sonida turk davlat falsafasi va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

1114447
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 52-qism

 

Turkiya tashqi siyosati ohirgi yillarda katta o’zgarishlarga guvoh bo’ldi va katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Bu jarayonning memori sifatida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni aytish mumkin. Qolaversa, uning turk davlat falsafasi Turkiya tashqi siyosatining memoridir. Dasturimizning bugungi sonida turk davlat falsafasi va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

Tashqaridan Turkiya tashqi siyosatiga razim solar ekanmiz, ohirgi yillarda katta islohotlar va katta taraqqiyot jarayoniga guvoh bo’lamiz.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning bu mavzudagi muhim tavsiyalaridan biri turk davlat falsafasidir. Turklarning boshqa biron millat bilan qiyoslanmaydiganchalik bepoyon mintaqalarda hukm surishlari farqli davrlarda asosiy kuch bo’lishlari, tarixning o’nqir-cho’nqir davrlari va mavjud vaziyatlari turklarning davlat falsafasini o’rganishni taqazo qiladi. Shubhasiz, davlatlarning falsafasi xalqlarning ongida yashiringan. Ushbu ongga yod bo’lgan inson bu falsafani tushunishi juda qiyin.

Tarixiy jarayonga nazar tashlaganimizda turklarning davlat ma’nosida birinchi ishlatgan kalimasi “il” ya’ni “shahar” kalimasidir. Shahar kalimasi davlat, mamlakat, davlat tartibi kabi turli ma’nolarni anglatadi. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida ham shahar kalimasi tinchlik ma’nosini bildirganligi aytiladi.

Qadimgi turklar shahar yoki davlat ma'nosida foydalanib kelgan "İl" so'zi o'rniga, İslomni qabul qilganlaridan so'ng arabcha "davlat" so'zi ishlatila boshlaydi. Davlat so'zi arab tilida "ustin bo'lish, g'olib bo'lish" degan ma'noni bildiradi. Davlat so'zi g'arbiy tillarida lotin tilidagi "status" so'zidan kelib chiqqan steyt (state) so'ziga to'g'ri keladi. Qadimiy Rim imperiyasi o'z davlatlarini Roma Acterna / Manbu Rim deb atar ekan, turklar esa abadiy barhayot davlat deb ataganlar.

Aslida davlat strukturasi uchun avvalo ikki xusus muhim o'rin tutadi. Birinchisi davlatning qudrati ikkinchisi esa qonunga muvofiq bo'lishligidir. Ayniqsa, davlatning qonunga muvofiq bo'lishi alohida o'rin tutadi. Chunki, qonuniy davlatgina davlatning qudratidan foydalana oladi. Davlatning qonunga muvofiq bo'lishini turli ko'rinishlari mavjud.

Turk davlatlari islomni qabul qilishdan avval xalqning urf-odatiga bog'liq ravishda yashab kelganlar. Turklarda urf-odatlar davlatdan ham ahamiyatli bo'lib, davlatning qonuniy chegaralarini belgilab o'tadi. Davlatning erkinligini o'lchab beruvchi va qonuniylik kuchini ko'rsatuvchi manba bo'lgan urf-odat xuquqqa bo'g'liq bo'lishning ruhini aks ettiradi. Jamiyatning qadriyati va urf-odatlari, davlatning boshqaruvchilari bilan xalq o'rtasidagi aloqaning kafolati bo'lgan desak mubolag’a bo'lmaymiz. Chunki jamiyat, qadriyatlarga va urf-odatga bo'yin ekkan boshqaruvchilarnigina qonuniy deb qabul etadi.

Qadriyat, tangri tomonidan davlat rahbariga ehson etilgan boshqaruv vakolatidir.

Turklar islom dinini qabul qilgandan so'ng, urf-odatga bog'liq bo'lishlik go'yoki İslom huquqiga bog'liq bo'lish bilan bir xil o'rin egarladi. Turklarning davlat an'anasining eng muhim xususiyatlaridan biri esa universalist tushunchasi bo'lib, bu tushunchaning asosiy falsafasi "dunyo koinotning markazi bo'lganidek, turklarning vatani ham dunyoning markazi bo'lishi kerak".

Turk davlat an'anasini juda o'rinli tahlil etgan asarlardan biri "Kudatgu Bilig" bo'lib hisoblanadi. Ushbu tarixiy asarda podishohlarning asosiy xususiyatlari birma-bir yozib qoldirilgan. Ushbu xususiyatlarning boshida-podishohlarning xalqni to'q va yahshi ta'minlash kerakligi, tartibni saqlashi, davlatning kelajagi uchun kerakli har qanday faoliyatlarni olib borish kabi omillarni o'z ichiga oladi. Qisqasi, turk davlat an'anasiga ko'ra podishohlar tangrining taqdiri bilan tanlangan bo'lsa ham dunyoviy tartibni saqlashdan javobgar deb hisoblanadi. Podishoh davlatning hokimi bo'lishiga qaramay urf-odat va qadriyatlar podishohning vakolatini chegaralab turadi. Demak, turk davlati ideal dunyo davlati sistemasiga ega bo'lgan davlatlardan biridir.

Jamiyatning davlat tushuchasini mulohaza qilar ekanmiz, turk davlat an'anasidagi "turli millatlarning davlat himoyasida" ekanligi diqqatlarni jalb etadi. Chunki, tarixda ham o'z millatiga mansub bo'lmagan xaqlarni yoqtirmagan davlatlar mavjud bo'lgan. Misol uchun Rim imperiyasida boshqa millatlarni "yovvoyi" deb atashgan, yoki arablar o'zlaridan bo'lmagan xalqlarni "ajem" deb ataganlar. Turk davlatida boshqa millatlarni ajratish umuman bo'lmagan desak xato qilmagan bo’lamiz.

Shunday turk davlat an'anasida yetishib chiqqan Turkiya prezidenti Erdo’g’anning tashqi siyosat sistemasini tahlil etganimizda turklarning o'z urf-odat va qadriyatlarini qayta kuchlantirishga harakat qilayotganligi diqqatlarni jalb etmoqda. Shu sababli, prezident Erdo’g’annng tashqi siyosati va bu borada olib borayotgan faoliyatlari turk davlat an'anasiga juda ham mos keladi.

 



Aloqador xabarlar