Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya hukumati poytaxt Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

1113442
Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg’onistonga chuqur ta'ziya izhor qildi.

Turkiya hukumati poytaxt Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Kobuldagi terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va yaradorlarning borligi tufayli iztirobdamiz. Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Do’st Afg’oniston hukumatiga va qardosh afg’on xalqiga hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz”,-deyiladi bayonotda.

Kecha 24 dekabr kuni Afg’oniston poytaxti Kobulda hukumat binosi oldida portlash sodir etilgan edi va ortidan jangarilar binoni qamal qilgandi.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, hujumda 43 kishi halok bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg'oniston , #hamdardlik

Aloqador xabarlar