Prezident Erdo'g’an yangi vertolyotning nomini “Gökbey” deb atadi

Poytaxtda uyushtirilgan Turk Mudofaa sanoati sammitida ishtirok etgan Prezident Erdo'g’an tadbirda Turkiyaning mudofaa sanoati tarmog’idagi faoliyatlarini ham baholadi.

1105744
Prezident Erdo'g’an yangi vertolyotning nomini “Gökbey” deb atadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning mudofaa sanoatidagi barcha strategik ehtiyojlarini o’zi rivojlantirib, ishlab chiqaradigan nuqtaga muvaffaq bo’lishi mumkinligini qayd etdi.  

Poytaxtdagi, “Beshtepe Xalq majlisi va madaniyati markazi”da uyushtirilgan Turk Mudofaa sanoati sammitida ishtirok etgan Prezident Erdo'g’an tadbirda so’zlagan nutqida,   

“Oxirgi 16 yildagi faoliyatlarimiz orqali yurtimizni turli va yuqori nuqtaga olib chiqishga muvaffaq bo’ldik” dedi.

Mudofaa sanoatining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, mudofaa sanoatida ma’lum saviyaga chiqolmagan bir davlatning aslo mustaqilligini kafolatga ololmasligini qayd etdi.

Shu o’rinda Turkiyaning mudofaa sanoati tarmog’idagi faoliyatlarini baholagan Prezident Erdo'g’an,

“Bugungacha biz amalga oshirgan faoliyatlarni shunchaki tayyorgarlik deb hisoblayman. Xudo xohlasa bundan keyingi faoliyatlarimizni farqli tusda davom ettiramiz. Mudofaa sanoati tarmog’ida 60 milliard dollarlik 650 ta loyiha ustida ish olib bormoqdamiz. ATAK dasturi doirasida ishlab chiqarilgan vertolyotning kuchiga kuch qo’shamiz. Milliy urush uchog’imizni rivojlantirish ishlari bo’yicha uzluksiz mexnat qilmoqdamiz” deya gapirdi.  

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning havo vositalari shu jumladan uchuvchisiz uchoqlar ham ishlab chiqarishga muvaffaq bo’lganligini, bundan buyon mazkur tarmoqda yana-da shaxdam qadamlar tashlashini qayd etdi.

“Altay” tankining yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilganligini ifoda etgan Prezident Erdo'g’an  

“Zarur bo’lgan hech qaysi mahsulotning chet eldan import qilinmasligi haqidagi buyrug’imni shu fursatdan foydalanib takror barcha tashkilotimizga yetkazmoqchiman” dedi.

Turkiyaning mudofaa sanoatidagi barcha strategik ehtiyojlarini o’zi rivojlantirib, ishlab chiqarish saviyasiga erishguniga qadar chora ko’rishdan voz kechmasliklarini ifoda etgan Erdo’g’an,

“Kasirga, Bora, Som kabi raketa tizimlarimiz seriyaviy ishlab chiqarish bosqichiga kelar ekan yangi modellar ustida ham ish olib borishni davom ettirmoqdamiz. Bu doirada uzoq masofali raketalar ishlab chiqarishni rejalashtiryapmiz. Hatto ularni sinab ko’rish faoliyatlari ham o’z nihoyasiga yetdi” deya gapirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan ko’p maqsadli vertolyotning nomini ham “Gökbey” deb atadi.

 



Aloqador xabarlar