Turkiyaning Van viloyatida noqonuniy yo'llar bilan mamlakatga kelgan 33 muhojir qo’lga tushirildi

Tekshiruvlarda qo’lga tushirilgan 33 muhojirdan 31 nafari Afg’oniston fuqarosi va 2 nafari esa, Pokiston fuqarosi ekanligi aniqlandi.

1094100
Turkiyaning Van viloyatida noqonuniy yo'llar bilan mamlakatga kelgan 33 muhojir qo’lga tushirildi

Turkiyaning Van viloyati Gurpinar tumanida noqonuniy yo’llar bilan mamlakat hududlariga kirib kelgan 33 muhojir qo’lga tushirildi.

Tuman xavfsizlik boshqarmasi xodimlari noqonuniy muhojirlarni Hakkari-Van magistrali ustida o’tkazayotgan reyd jarayonida qo’lga tushirdi.

Hakkari-Van yo’lida harakatlanayotgan mikroavtobus xavfsizlik xodimlari tomonidan to’xtatilgan.

Mikroavtobusdagi yo’lovchilarning shaxsiy hujjatlari tekshirilganda ularning mamlakat hududlariga noqonuniy ravishda kirib kelganligi aniqlangan.

Tekshiruvlarda qo’lga tushirilgan 33 muhojirdan 31 nafari Afg’oniston fuqarosi va 2 nafari esa, Pokiston fuqarosi ekanligi aniqlandi.

Ular Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan kirib kelgan.

Muhojirlar tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, shahar migratsiya boshqarmasiga topshirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Van , #noqonuniy muhojir , #migratsiya

Aloqador xabarlar