Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan Rossiyada...

Hulusi Akar va Hakan Fidan boshchiligidagi delegatsiya poytaxt Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa vakillar bilan uchrashdi.

1091560
Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan Rossiyada...

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan Rossiyaga safar qildi.

Hulusi Akar va Hakan Fidan boshchiligidagi delegatsiya poytaxt Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa vakillar bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda, Sochida imzolangan kelishuvdan so’ng, Suriyada to’qnashuvlardan holi zona deb e’lon qilingan Idlibdagi vaziyat muhokama qilindi.

Eslatma: Turkiya va Rossiya 17 sentyabrda “Idlibni to’qnashuvlardan holi zona” deb e’lon qilish va uni qurollardan tozalash bo’yicha kelishuv imzolagan edi.

Suriyalik muxoliflar ushbu kelishuvga binoan, og’ir qurol va harbiy texnikalarni Idlibdan olib chiqib ketgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Hakan Fidan , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar