Chavusho’g’li, Turkiya-AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatgan masalalarga to’xtaldi

Mevlut Chavusho’g’li Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Madaniyatlar ittifoqining global forumida ishtirok etish uchun hozirda AQShda.

1090054
Chavusho’g’li, Turkiya-AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatgan masalalarga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari munosabatlarini 20-noyabr kuni poytaxt Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan baholamoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho’g’li Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Madaniyatlar ittifoqining navbatdagi global forumida ishtirok etish uchun hozirda AQShda.

Chavusho’g’li mazkur tashrifi chog’ida Turkiyaning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligida Turk jamiyati vakillari bilan uchrashdi.  

U yerda Turkiya-AQSh munosabatlarini baholagan Tashqi ishlar vaziri,

“Bizning munosabatlarimizga salbiy ta’sir ko’rsatgan muhim ikkita masala mavjud. Ulardan biri AQShning Suriyada YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashidir. YPG terror tashkilotining PKK terror tashkiloti bilan bitta tashkilot ekanligini bilishiga va buni tan olishiga qaramay hamkorligini ham zaruriy deb hisoblashi katta xatodir” deya gapirdi.

Manbijda kelishib olingan yo’l xaritasini ham yo’lga qo’yishga harakat qilganliklarini, mushtarak patrullik xizmatlarining boshlaganligini lekin bu yo’l xaritasining faqatgina Manbij bilan cheklanib qo’lmaganligini belgilab o’tgan Mevlut Chavusho’g’li, Firotning sharqidagi YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan hududlarning qutqarilishi masalasi ham mazkur yo’l xaritasining bir bo’lagi ekanligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li,

“Ikkinchi bir masala esa 15-iyun kungi xoin to’ntarish tashabbusiga qo’l urgan Fetullahchi terror tashkilotiga va mazkur terror tashkilotining to’daboshi Fetullah Gulenga qarshi biz yetkazib bergan hujjatlar va ekstraditsiya talablarimizga bugungacha javob berilmasligidir. Bu ham jiddiy ravishda ikki mamlakat o’rtasida sovuqlikka yo’l ochdi. Turkiya ikkala masalada ham yuz foiz emas ming foiz haqlidir” dedi.

Chavusho’g’li,

“Oxirgi vaqtlarda Federal tergov byurosi AQShda qo’li qonga botgan terror tashkilotining (FETO) bu yerdagi buzg’unchiligini surishtira boshladi. Boshlatilgan keng ko’lamli tergovda mazkur terror tashkilotining turli shtatlarda Amerika qonunlarini qanday buzganligini, banklarni qanday qilib aldaganligini, qanday qilib soliq to’lashdan qochganligini va kimlardan qanday foydalanganligini ko’ra boshladilar” degan ifodalarga o’rin berdi.

Madaniyatlar ittifoqining navbatdagi global forumi 19-20 noyabr kunlari Nyu-Yokrda BMT Bosh kotibi Antonio Guterres yetakchiligida uyushtiriladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li forumda nutq so’zlab, Antonio Guterres bilan uchrashuv o’tkazadi.

Mevlut Chavusho’g’li o’tkazadigan uchrashuvlarda o’zaro munosabatlar va Suriya bosh bo’lish bilan birga mushtarak kun tartibida o’rin olgan mintaqaviy va xalqaro munosabatlarning qo’lga olinishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar