Istanbul xalqaro aeroporti tantanali ravishda ochildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Istanbul shahrida insho etilgan yangi xalqaro aeroportga "Istanbul xalqaro aeroporti" deb nom berilganligini ma'lum qildi.

1077773
Istanbul xalqaro aeroporti tantanali ravishda ochildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Istanbul shahrida insho etilgan yangi xalqaro aeroportga "Istanbul xalqaro aeroporti" deb nom berilganligini ma'lum qildi.

Bugun ushbu yangi aeroport tantanali ravishda xizmatga topshirildi.

Marosimda nutq so'zlagan prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Istanbul aeroporti nafaqat Turkiyaga, balki butun dunyoga hayir olib kelishiga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Prezident ayni vaqtda ushbu kun munosabati bilan 50dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.

Marosimga Albaniya prezidenti Ilir Meta, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Kosovo prezidenti Hoshim Tachi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Oqinji, Makedoniya prezidenti Georgiy Ivanov, Moldovaning prezidenti Igor Dodon, Pokiston prezidenti Arif Alvi , Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Sudan prezidenti Umar Hasan Ahmad al Bashir, Bosniya va Gertsegovina bosh vaziri Denis Zvezdich, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari va infratuzilma vaziri Alenka Bratushek, Gruziya TIV rahbari David Zalkaliani, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, Moldova avtonom hududi rahbari Irina Vlah ishtirok etdi. O‘zbekistondan esa,  marosimda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Turkiya Oliy majlis rahbari Binali Yildirim ham so'zga chiqdi.

"Mamlakatimizning 95 yillik to'yida Respublikamizning shaniga yarashadigan shaklda bunyod etilgan bu asar davlatimizga, xalqimizga va mintaqamizga qutlug' bo'lsin!",-dedi Binali Yildirim.

Qurilishning barcha bosqichlari yakunlangach, dunyodagi eng yirik aeroport bo‘ladigan Istanbul yangi aeroportining ochilishiga mahalliy va xalqaro media tashkilotlari katta e’tibor qaratdi.

Bugun erta tongdan boshlab yangi aeroportda to’plangan xalqaro OAV vakillari aeroportdagi jarayonni yaqindan kuzatib bordi.

Ular kun bo’yi jonli efirlar vositasida Istanbul yangi aeroportining ochilish jarayonini tomoshabinlarga yetkazib bordilar.

Aeroport qurilishining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun olti milliard yevro ajratildi.

Aeroport umumiy maydoni 76,5 million kvadrat metrni tashkil etadi.

Aeroportning boshqa bosqichlari yo‘lovchi oqimi hajmiga qarab, 2023 yilgacha ishga tushiriladi.

Yangi aeroport oltita uchish-qo‘nish yo‘lagi, 500ta samolyot uchun turargoh, 70 mingta avtomobil uchun ochiq va yopiq parkovkaga ega bo‘ladi.

Qurilishning barcha bosqichlari yakunlangach, Istanbul yangi aeroporti dunyodagi eng yirik aeroport bo‘ladi va  har yili 200 million yo‘lovchiga xizmat qiladi.

Birinchi bosqichda aeroportdan har kunlik beshta reys amalga oshiriladi. 31 oktyabr kuni Turkish Airlines Anqaraga Istanbul yangi aeroportidan reysni amalga oshiradi, 1 noyabrda Antaliyaga parvozlar boshlanadi, 2 noyabrda  Izmirga reyslar boshlanadi.

Birinchi xalqaro reys 1 noyabr kuni Istanbul uchinchi aeroportidan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga amalga oshiriladi. Ozarbayjonga esa, parvozlar 8 noyabrda boshlanadi.

Samolyotlar va texnikani yangi aeroportga o‘tkazish yil oxirigacha yakunlanadi. Shundan so‘ng aeroport kuniga ikki mingta samolyotni qabul qila oladi.

Foydalanishga topshirilganidan so‘ng, aeroport dunyoning 250ta aviakompaniyasidan samolyotlarni qabul qiladi, ular 350dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.

Aeroportga ochilishidan oldin qator xalqaro mukofotlar topshirildi.

Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadigan aeroport hududida yer usti radarlari birinchi marta ishlatiladi.

Aeroportdagi terminallar va avtoturargohlarda to‘qqiz mingta aqlli kamera o‘rnatiladi.

Shuningdek, aeroport shaxslar va avtoulovlar raqamlarini aniqlash bo‘yicha zamonaviy texnika bilan ham jihozlangan.

 

 

 



Aloqador xabarlar