Ertaga Istanbulda Suriya masalasi qo’lga olinadi

Ertaga Istanbulda Ertaga Istanbulda Suriya masalasi qo’lga olinadi Suriya masalasi qo’lga olinadi.

1076317
Ertaga Istanbulda Suriya masalasi qo’lga olinadi

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiyaning mezbonligida Suriya bo’yicha Germaniya, Fransiya va Rossiya o’rtasida sammit o’tkaziladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning mezbonligida o’tkaziladigan sammitning kun tartibida Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish qarorining mustahkamlanishi va Suriya muammosini hal qilishlik uchun birgalikda faoliyat olib borish masalalari o’rin olgan.

Yig’ilish yakunida yuqorida nomi tilga olinga to’rt davlatning qo’shma bayonot qabul qilishi kutilmoqda.

Sammit orqali Ostona platformasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura tomonidan Jenevada tashkil etilgan “kichik guruh” vakillarini birinchi marotaba uchrashadi.

De Mistura bugungacha Jenevada har ikki platforma vakillari bilan konstitutsiya qo’mitasi tashkil etish uchun uchrashuv o’tkazayotgan edi.  

Aytib o'tish joizki Germaniya kantsleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan birga de Mistura ham sammitda ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar