Hulusiy Akar S-400 va F-35 masalalariga to’xtaldi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy “Anadolu” axborot agentligiga S-400 va F-35 masalalari haqida bayonot berdi.

1075386
Hulusiy Akar S-400 va F-35 masalalariga to’xtaldi

Hulusiy Akar S-400 va F-35 masalalariga to’xtaldi Akar Rossiyadan eksport qilinadigan S-400 zenit raketa tizimlarini o’rnatish ishlarining kelasi yilning oktabr oyida boshlashini ma’lum qildi.

Hulusiy Akar mavzu haqida “Anadolu” axborot agentligiga bayonot berdi.

Hulusiy Akar S-400 tizimlarining mudofaa masalasi ekanligini ta’kidlagan holda, Turkiya va turk xalqiga qarshi jiddiy ravishda havo va raketa tahdidi borligiga e’tibor qaratdi.  

Hulusiy Akar tizimni o’rnatish nuqtalari ustidan kerakli faoliyatlarning davom etganligini qayd etdi.

Undan NATO tizimidan butunlay boshqa va mustaqil ravishda foydalanilajagini eslatgan Mudofaa vaziri,

“AQSh yoki NATOning tashvishlari o’rinsiz. Bu yerda hech qanday AQSh yoki NATO tizimlariga ig’vogar munosabatda bo’linishiga ruxsat bermaymiz. Masala tanlov masalasi emas, zaruratdir” deya gapirdi.

Hulusiy Akar o’z bayonotida F-35 urush uchoqlariga ham to’xtaldi.

Unda ikkata uchoqning iyun oyida Turkiyaga topshirilganligini ta’kidlagan Akar,

“Loyiha rejalashtirilganidek davom etmoqda. Uchinchi va to’rtinchi uchoqlar ham mart oyida topshiriladi” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #S-400 , #F-35

Aloqador xabarlar