Erdo’g’an:"Turkiya sudi Endryu Branson ishi bo'yicha mustaqil qaror chiqardi"

“Bransonni takror oramizdan ko’rish ajoyib bo’ladi. Turkiya prezidenti Erdo'g'anga pastorning ozod etilishida ko'rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildiraman”,-deb yozgan edi Tramp Twitterʼdagi sahifasida.

1068266
Erdo’g’an:"Turkiya sudi Endryu Branson ishi bo'yicha mustaqil qaror chiqardi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya sudi amerikalik pastor Endryu Branson bilan bog’liq qarorlarini mustaqil ravishda chiqarganligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an o’zining Twitterdagi sahifasida AQSh prezidenti Donald Trampga javoban shunday yozdi.

“Hurmatli prezident Tramp, doimo ta’kidlaganimdek, Turkiya sudi o'z qarorini mustaqil ravishda chiqardi. Umid qilamanki, AQSh va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar ittifoqchilarga xos tarzda davom etadi va davlatlarimiz terrorchilik tashkilotlari, birinchi navbatda, FETO (Fathulloh Gulen harakati), PKK va DAIShga qarshi birgalikda kurashadi”, -deb yozgan Erdo'g'an Twitterʼdagi sahifasida.

Eslatish joizki, avvalroq Donald Tramp Twitter orqali Endryu Bransonning ozod etilishiga o’z munosabatini bildirgan edi.

“Bransonni takror oramizdan ko’rish ajoyib bo’ladi. Turkiya prezidenti Erdo'g'anga pastorning ozod etilishida ko'rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildiraman”,-deb yozgan edi Tramp Twitterʼdagi sahifasida.

Terror tashkilotiga xizmat qilganlikda va ular uchun josuslik qilganlikda ayblanib qo’lga olingan Branson juma kuni 4-marta Izmir shahar sudiga ifoda bergan edi.

Sud Bransonni uch yilu, bir yarim oyga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan edi va sud Branson hibs ostida o'tkazgan kunlarni hisoblab chiqib, uni jazo muddatini o’tab bo’lganligi haqida qaror chiqargan edi.

Shuningdek, unga nisbatan qo'llanilgan barcha ehtiyot choralarini bekor qilgan, jumladan, xorijiy davlatga chiqib ketish bo'yicha taqiqni ham bekor qildi.

 



Aloqador xabarlar