Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy Turkiyaga tashrif buyurdi

Haydar Al-Ibadiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan prezidentlik saroyida qabul qilindi.

1032194
Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy Turkiyaga tashrif buyurdi

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy bugun davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Haydar Al-Ibadiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan prezidentlik saroyida qabul qilindi.

Rajap Tayyip Erdo'g'an va Haydar Al-Ibadiy o'rtasida bo'lib o'tgan tor va keng doiradagi hay'atlararo uchrashuvlarda ikki davlat o'rtasidagi keng ko'lamli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Ikki yetakchi muzokaralardan so'ng mushtarak matbuot anjumani o'tkazadi.

 

 



Aloqador xabarlar