Turkiya Kipr turklarining huquqi va manfaatini himoya qiladi

Turkiya Kipr Rum qismida yig'ilish o'tkazgan ba'zi xorij davlatlarning favqulodda va muhtor elchilarini haddidan oshmaslikka chaqirdi.

1022678
Turkiya Kipr turklarining huquqi va manfaatini himoya qiladi

Turkiya Kipr Rum qismida yig'ilish o'tkazgan ba'zi xorij davlatlarning favqulodda va muhtor elchilarini haddidan oshmaslikka chaqirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy ushbu yig'ilishga doir bayonot berdi.

"Yig'ilishda ba'zi elchilarning Rum hukumatining sharqiy O'rta yer dengizida bir tomonlama olib borayotgan gidrokarbon faoliyatlarini qo'llab quvvatlash to'g'risidagi ifodalarini noo'rin deb baholaymiz. Mazkur davlatlarning elchilariga haddidan oshmaslikni tavsiya qilamiz",-dedi Hami Aksoy.

U Kipr masalasiga hamon adolatli va doimiy yechim topilmaganligini eslatdi.

"Shunday ekan, Kipr Rum qismi Orolning yagona egasi sifatida bir tomonlama gidrokarbon faoliyatlarini bemalol davom ettirishini qabul qilmaymiz. Rum tomoni Orolning mushtarak egasi bo'lgan Kipr turklarining haq-huquqini oyoq osti qilmoqda",-dedi Hami Aksoy.

Izohga ko'ra, Turkiya Kipr turklarining huquqini va manfaatini himoya qiladi va ularni qo'llab quvvatlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kipr , #turk , #Kipr Rum

Aloqador xabarlar