Prezident Erdo'g'an AQShning Brunson haqidagi bayonotini baholadi

Prezident Erdo'g'an AQShning Brunson haqidagi bayonotini baholar ekan AQShning Turkiyani sanksiyalar orqali ortga chekintira olmasligini qayd etdi.

1021674
Prezident Erdo'g'an AQShning Brunson haqidagi bayonotini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an sanksiyalar orqali AQShning Turkiyani orqaga chekintira olmasligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Janubiy Afrikaga bo’lgan tashrifi chog’ida turk jurnalistlarga, Fetullahchi terror tashkiloti va PKK nomidan jinoyatga qo’l urganlikda ayblanib Turkiyaning Izmir shahridagi qamoqxonada nazorat ostiga olingan va haftaning chorshanba kuni uy qamog’iga olingan amerikalik ruhoniy Andrew Brunson haqida bayonot berdi.

Oq saroy va AQSh Mudofaa vazirligi Pentagondan kelgan Brunson haqidagi bayonotlarni baholagan Erdo’g’an, aytilmagan gaplarni aytilgandek qayd etilishining noto’g’ri ekanligini eslatgan holda,

“Biz hech qachon Brunson ustidan biron narsani savdolashganimiz yo’q” dedi. Ortidan, AQSh bilan Brunson ustidan savdolashilmaganligini ta’kidladi.

Prezident Erdo'g’an Vashingtondan kelgan sanksiyalar haqidagi tahdidlar haqida esa,

“Sanksiyalar orqali Turkiyani orqaga chekintira olmaysizlar” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ortidan, “Amerika bilan kindigimiz bir emas” degan Erdo’g’an, “AQSh bizga bo’lgan munosabatini o’zgartirmagudek bo’lsa unda Turkiyadek kuchli va samimiy sherigidan mahrum qolishini unutmasligi darkor” dedi.

Prezident Erdo'g’an yuz bergan voqeani “psihologik kurash” deb baholar ekan bu haqida, “Bizning vazifamiz sabr bilan o’z yo’limizni davom ettirishdir” deya gapirdi.  

Erdo’g’an AQShdan import qilinadigan F-35 rusumidagi uchuqlarning topshirilishi masalasiga ham to’xtalar ekan bu haqida,

“F-35 rusumidagi uchoqlarni bermasligi mumkin ekan. Agar berilmagudek bo’lsa unda xalqaro arbitrajga murojaat qilamiz” dedi.

Aytib o’tish joizki AQSh Prezidenti Donald Trump twitter hisobi orqali, “Brunson ozod etilmagudek bo’lsa unda AQSh sanksiya kiritadi” degan edi.

Trumptan oldin Pence ham, Brunsonni AQShga olib ketish uchun faoliyat olib borajaklarini eslatgan holda, Brunson ozod etilmagudek bo’lsa unda Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritajaklarini qayd etgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar