Turkiya qurolli kuchlari chegara hududlarida harbiy amaliyot o'tkazdi

Amaliyotlarda terror tashkiloti PKKga a’zo 15 terrorist yo’q qilindi.

1006927
Turkiya qurolli kuchlari chegara hududlarida harbiy amaliyot o'tkazdi

Turkiya qurolli kuchlari Mardin, Hakkari va Shirnak viloyatlarida harbiy amaliyot o’tkazdi.

Amaliyotlarda terror tashkiloti PKKga a’zo 15 terrorist yo’q qilindi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, terrorizmga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan operatsiyalarda Mardinda 2ta, Shirnakda 8ta, Hakkarining Kirikdag’ hududida 5 ta terrorist yo’q qilingan.

Mardindagi operatsiyalar hamon davom etmoqda.

Harbiy bosh shtab rahbariyati Twitterdagi rasmiy sahifasida Hakkarining tog’liq hududlarida ikki kundan buyon davom etayotgan amaliyotlarda 7 terrorist yo’q qilinganligini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar