Anqarada DEASh terror tashkilotiga a’zo 14 terrorist qo’lga tushirildi

Poytaxt Anqarada DEASh terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyot natijasida 14 terrorist qo’lga tushirildi.

997277
Anqarada DEASh terror tashkilotiga a’zo 14 terrorist qo’lga tushirildi

Poytaxt Anqarada DEASh terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyot natijasida 14 terrorist qo’lga tushirildi.

Anqara Milliy Politsiya idorasining Terrorizmga qarshi kurash bo’limi xodimlari tomonidan olib borilgan razvedka faoliyatlari natijasida 24-iyun kuni mamlakatda o’tkaziladigan Prezidentlik va Parlament saylovi oldidan terakt uyushtirish niyatida ekanliklari aniqlangan DEASh terror tashkiloti a’zolarining qo’lga tushirilishi uchun amaliyot boshlatildi.

Mazkur amaliyot natijasida eng avvalo shubhalilarning qayerda ekanliklari aniqlab olinar ekan ortidan bir vaqtning o’zida terroristlar joylashgan bir necha nuqtada amaliyot yuritildi. Oqibatida esa DEASh terror tashkilotiga a’zo 14 terrorist nazorat ostiga olindi.  

Hammasining chet ellik ekanligi aniqlangan bu terroristlar bilan birga uylarida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ko’plab terrorislarga oid ashyolar ham topildi.

Shubhalilar hozirda ifoda olishlik uchun poytaxtdagi Politsiya idorasiga olib kelindi.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #saylov , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar