Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qilishicha, suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashildi.

993432
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Bugun, 16 iyun kuni Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi. 

Prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qilishicha, suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Ikki yetakchi Turkiya bilan Fransiya o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va mavjud muzokaralarni davom ettirishning ahamiyatiga to'xtaldi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Suriyadagi vaziyat, terrorizmga qarshi kurash va qochqinlar masalasini muhokama qildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an suhbat chog'ida Suriyada Turkiya-AQSh o'rtasida hamkorlikka zamin yaratadigan kelishuv ta'minlanishiga diqqat qaratdi.

Erdo'g'an va Makron 24 iyunda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari jarayonida ham yaqindan aloqa o'rnatishga kelishib oldi.

 

 



Aloqador xabarlar