Shirnakda terroristlar bilan otishmada yaralangan harbiy halok bo'ldi

Turkiyaning Shirnak viloyatida amalga oshirilgan terroristlarga qarshi operatsiyada og'ir yaralangan Jandarm kapitani Yunus Chalabiyning janozasi ertaga tug'ilgan shahri Erzurumda dafn etiladi.

993475
Shirnakda terroristlar bilan otishmada yaralangan harbiy halok bo'ldi

 

Turkiyaning Shirnak viloyatida amalga oshirilgan terroristlarga qarshi operatsiyada og'ir yaralangan Jandarm kapitani Yunus Chalabiy Ankarada shifoxonada olamdan o'tdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, Shirnakning Bestlar Daralar hududida 8 iyun kuni terroristlarga qarshi operatsiya boshlandi. Operatsiya jarayonida 11 iyunda terroristlar bilan otishmalarda Jandarm kapitani Yunus Chalabiy (33 yoshda) og'ir yaralandi. Yarador harbiy Shirnak davlat shifoxonasiga olib kelindi va u yerdan poytaxt Ankaradagi harbiy gospitalga yetkazildi.

Ankarada davolanayotgan Yunus Chalabiy doktorlarning barcha urinishlariga qaramay, bugun olamdan o'tdi.

Halok bo'lgan harbiyning janozasi ertaga tug'ilgan shahri Erzurumga jo'natiladi va u yerda dafn etiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shirnak , #harbiy , #otishma , #Yunus Chalabiy

Aloqador xabarlar