Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlariga zarba berdi

“Kecha amalga oshirilgan harbiy amaliyotda terroristlarga oid yer to’lalar, boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari yo’q qilindi”,-deyiladi bayonotda.

993288
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlariga zarba berdi

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida joylashgan Qandil hududida terror ob’yektlariga qarshi harbiy amaliyotini davom ettirmoqda.

Harbiy amaliyotlarda terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berilmoqda. Ko’plab terror ob’yektlari yo’q qilinmoqda.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Kecha amalga oshirilgan harbiy amaliyotda terroristlarga oid yer to’lalar, boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari yo’q qilindi”,-deyiladi bayonotda.

Turkiya qurolli kuchlari nafaqat chegara ortida, balki mamlakat chegara hududlari ichida ham terroristlarga qarshi ayovsiz kurashmoqda.

Jumladan, Turkiyaning Erzinjan viloyati Kemah tumanida aniqlangan bir guruh terroristlarga qarshi havodan hujum qilindi.

Operatsiyada 3 ta terrorist yo’q qilindi.

Shuningdek, ko’plab o’q-dori va kundalik ashyolar qo’lga kiritildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya qurolli kuchlari , #zarba , #Iroq , #Qandil

Aloqador xabarlar