Turkiya prezidenti Erdo’g’an Qatar amirini Iyd Ramazon bayrami munosabati bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani bilan telefonda muloqot qildi.

993230

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbatda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sanini Iyd Ramazon bayrami munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek, o’zaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

O’zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga kelishib olgan ikki yetakchi Falastin xalqini himoya qilish to’g’risidagi qarorning BMT umumiy kengashida qabul etilishi quvonarli ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Bundan tashqari, prezident Erdo’g’an kecha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Bin Abdulaziz, Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos va Pokiston prezidenti Memnun Huseyin bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda davlat rahbarlari bir-birini ramazon bayrami bilan tabriklashdi.

Aloqador xabarlar