Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Xitoyda

Xitoyga bo’lgan amaliy tashrifi doirasida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o’rinbosari Wang Qishan bilan uchrashuv o’tkazdi.

993114

Mazkur uchrashuvda Mevlut Chavusho’g’li Turkiya-Xitoy munosabatiga alohida e’tibor berganliklarini qayd etdi.

Ikkala mamlakat liderlari kelishib olgan xususlarda o’zaro munosabatlarni rivojlantirishni xohlaganliklarini yetkazgan Chavusho’g’li, Turkiyaning Xitoy bilan bo’lgan munosabatini yana-da yaxshilash niyatida ekanliklarini ta’kidladi.   

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o’rinbosari Wang Qishan ham 24-iyun kuni Turkiyada o’tkaziladigan Prezidentlik va parlament saylovni nazarda tutgan holda, muhim kun tartibiga qarmay Chavusho’g’lining Xitoyga tashrif buyurishining Turkiya tomonidan o’zaro munosabatlarga berilgan alohida e’tiborning ko’rsatkichi ekanligini ifoda etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning aprel oyidagi muloqatini eslatgan Vang, ikkala lider o’rtasida yaxshi muloqat bo’lib o’tganligini qayd etdi.

Ikki kunlik tashrifi doirasida Pekinga borgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Xitoyning Huawei kompaniyasining Ar-Ge markazida ham bo’ldi.  

Aloqador xabarlar