Prezident Erdog'an Musulmon liderlar bilan hayitlashdi

Prezident Erdog'an Ramazon hayiti munosabati bilan ba'zi Musulmon liderlar bilan hayitlashdi.

992923
Prezident Erdog'an Musulmon liderlar bilan hayitlashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqat qildi.

Olingan ma’lumotga ko’ra mazkur muloqat chog’ida Prezident Erdog’an bilan Qirol Salmon bir-birini Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklar ekan ayni vaqtda Turkiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni har tarmoqda yana-da mustahkamlash masalasi qo’lga olingan.

Mintaqaviy vaziyatlarga ham e’tibor qaratilgan muloqatda Falastin xalqining himoya qilinishini talab qilgan qarorning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilinishidan xursand ekanliklari ta’kidlangan.

Erdog’an Falastin Davlat rahbari Mahmut Abbos bilan bo’lgan muloqatida ham Falastin masalasidagi oxirgi vaziyatni qo’lga olgan.

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan veto qo’yilgan qarorning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinganligiga e’tibor qaratgan Prezident Erdog’an, Turkiyaning har doim falastinliklarning to’g’ri talablarini qo’llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Prezident Erdog’an Pokiston Prezidenti Mamnun Husayin bilan ham telefon orqali muloqat qilib, hayitlashdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan olingan ma’lumotga ko’ra Prezident Erdog’an va pokistonlik kasbdoshi Husayin Mamnun Turkiya va Pokiston o’rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash masalasidagi qarorliliklarini ta’kidlab, mintaqaviy masalalarga to’xtalgan.

Afg’oniston-Pokiston Tinchlik va hamjihatlik harakati rejasi doirasida amalga oshirilgan uchrashuvlarda ijobiy natijalarning qo’lga kiritilishidan xursand bo’lganliklari tilga olingan uchrashuvda, Falastin masalasidagi xalqaro platformadagi hamjihatlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

 



Aloqador xabarlar