Bosh vazir Binali Yildirim Qandil masalasini baholadi

Bir telekanalda jurnalistlar savoliga javob bergan Binali Yildirim terrorizmga qarshi kurash masalasini baholadi.

990732
Bosh vazir Binali Yildirim Qandil masalasini baholadi

Bosh vazir Binali Yildirim Iroqning shimolida joylashgan Qandil hududidagi PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyotning qarorlilik bilan davom etishini qayd etdi.

Bir telekanalda jurnalistlar savoliga javob bergan Binali Yildirim terrorizmga qarshi kurash masalasini baholadi.

Turkiyaning boshqalari tuprog’iga ko’z tikmaganligini ta’kidlagan Yildirim, “Maqsadimiz chegaramiz tashqarisida turib yurtimizni va xalqimizni ig’vo qilgan, jon va molimizga xavf tashkil etgan terror tashkilotini yo’q qilishlikdir” dedi.

Bosh vazir Yildirim, “Bugungi kunda PKK terror tashkiloti shimoliy Iroqda. Ana shu yerlarda faoliyat olib bormoqda. Lekin Firot daryosining sharqida xavf tashkil etgudek bo’lsa unda har qanday chora va tadbirni olishga haqqimiz bor” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar