Turkiyadan Yunonistonga qochgan to’ntarishchilar harbiy lagerda himoya qilinmoqda

Yunon matbuoti Turkiyadagi 15-iyul voqeasidan keyin Yunonistonga qochgan va Sud qarori bilan ozod etilgan to’ntarishchi askarlarning harbiy lagerda himoya ostiga olinganligini qayd etdi.

989804
Turkiyadan Yunonistonga qochgan to’ntarishchilar harbiy lagerda himoya qilinmoqda

Yunon matbuoti Turkiyadagi 15-iyul voqeasidan keyin Yunonistonga qochgan va Sud qarori bilan ozod etilgan to’ntarishchi askarlarning olib qochirilishi yoki o’ldirilishi haqidagi tashvishlar bilan harbiy lagerda himoya ostiga olinganligini qayd etdi.

“Ta Nea” gazetasi “8’larni (to’ntarishchilarni) harbiy lagerda himoya qilmoqda” degan sarlavha bilan tarqatgan ma’lumotida, Yunon sudi tomonidan 18 oylik nazorati ortidan ozod etilgan to’ntarishchilarning qattiq himoya ostiga olinganligi ilgari surildi.

Ta Nea tarqatgan ma’lumotga ko’ra to’ntarishchilar bitta harbiy lagerda tashkil etilgan va ular orasida atrof-muhitni nazorat ostiga olgan snayperlar ham o’rin olgan 80 kishilik politsiya kuchi tomonidan himoya qilingan maxsus maydonda yashamoqda. To’ntarishchilarning har birining alohida-alohida xonasi bor, oshxona va zal esa birgalikda foydalanilmoqda.  

Faqatgina advokatlari bilan uchrashuv o’tkazishlariga ruxsat berilgan va psixologik jihatdan yordam olgan to’ntarishchilarga Turkiyadagi oilalari pul va oziq-ovqat jo’natish imkoniga ega.

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’, “Bu to’ntarishchi askarlarni qayerda bo’lishidan qat’iy nazar Turkiyaga olib kelishlik bizning vazifamizdir” deb bayonot bergan edi.

Yunon medyası Bozdag’ning mazkur bayonoti ortidan to’ntarishchi askarlarni himoya qilishlik rejalariga o’zgartirish kiritganliklarini ma’lum qilgan edi.

Turkiyaning mazkur to’ntarishchilarni ucta ekstraditsiya talabi Yunon sudi tomonidan rad etilgan edi.



Aloqador xabarlar