Erdog’an xalqaro hamjamiyatning terrorizmga qarshi kurashini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an xalqaro hamjamiyatning terrorizmga qarshi kurashini baholar ekan uning, “murosasiz kurash” ekanligiga e’tibor qaratdi.

976626
Erdog’an xalqaro hamjamiyatning terrorizmga qarshi kurashini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an dunyoning ba’zi davlatlarining terrorizmga qarshi kurashda qo’sh standartlikdan voz kechishi kerakligini qayd etdi.  

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an o’z partiyasining bosh qarorgohida uyushtirilgan “An’anaviy elchilar iftori”da nutq so’zladi.

O’z nutqida terrorizmga qarshi murosasiz kurashning ahamiyatiga to’xtalgan Erdog’an,

“PKK terror tashkiloti va uning Suriyadagi qanoti PYD/YPG, DEASh, Al-Qoida va eng muhimi yangi aralash terror tashkiloti hisoblangan Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi qarorlilik bilan kurash olib bormoqdamiz. Lekin xalqaro hamjamiyat o’rtasida qo’sh standartning haligacha davom etganligini aytishimiz mumkin” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an DEASh terror tashkilotiga qarshi ko’tarilgan ovozlarning PKK va undan tarqagan FETO terror tashkilotiga kelganda hammaning jimjirt bo’lib qolganligiga e’tibor qaratgan holda,

“Hattoki PKK/ YPG terror tashkiloti yana-da ko’proq tazyik va zulum qilishi uchun alohida yordam olayotgandek. PKK terror tashkiloti necha yillardan beri g’arb davlatlari tomonidan bemalol foydalanilmoqda. Tashkilot do’q-popisa bilan pul to’plamoqda. A’zolari esa poytaxtlarning eng markaziy maydonlarida bemalol terror propagandalari uyushtirmoqda. Shunga o’xshash vaziyatni FETO terror tashkilotida ham uchratish mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.       

Yevropaning bir necha davlatining, qo’li gunohsiz insonlarning qoniga bulangan qotillar uchun adolatdan qocha oladigan ishonchli limanlarga aylanganligini qayd etgan Prezident Erdog’an,

“Terror tashkilotiga qarshi shunday muomala qilinar ekan, terrorizmga qarshi kurashda bir qadam ham tashlanishi imkonsiz. Eng avvalo terroristlarga terrorist deyishni bilishlik, ortidan esa ularga qarshi birgalikda kurash olib borishlik kerakdir. Bu dahshatli manzara oldida Turkiya o’zi uchun chora ko’rishga majburdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar