Iroq shimolida terroristlarga qarshi janglarda ikki turk askari halok bo'ldi

“Iroq shimolida harbiy operatsiya o’tkazgan Turkiya qurolli kuchlariga terroristlar tomonidan hujum sodir etildi. Hujumda ikki askar halok bo’ldi, ikki askar jarohatlandi”,-deyiladi bayonotda.

976010
Iroq shimolida terroristlarga qarshi janglarda ikki turk askari halok bo'ldi

Iroq shimolida terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot o’tkazildi.

Amaliyot jarayonida terroristlar bilan otishmalarda ikki askar halok bo’ldi, ikki askar yaralandi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi ma’lum qildi.

“Iroq shimolida harbiy operatsiya o’tkazgan Turkiya qurolli kuchlariga terroristlar tomonidan hujum sodir etildi. Hujumda ikki askar halok bo’ldi, ikki askar jarohatlandi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Avvalroq Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolidagi terror ob’yektlariga aviazarba berilganligi ma’lum qilingandi. Operatsiyada terroristlar tomonidan qurol ombori sifatida qo’llanilgan 4 ta ob’yekt yo’q qilingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar