TIKA ramazon oyi munosabati bilan Arakandagi musulmonlarga iftor berdi

TIKAning yozma bayonotiga ko’ra, Arakanda 25000 kishiga gumanitar yordam tarqatildi va 1500 kishiga iftor berildi.

974887
TIKA ramazon oyi munosabati bilan Arakandagi musulmonlarga iftor berdi

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA ramazon oyi munosabati bilan Arakandagi musulmonlarga gumanitar yordam yetkazdi.

TIKAning yozma bayonotiga ko’ra, Arakanda 25000 kishiga gumanitar yordam tarqatildi va 1500 kishiga iftor berildi.

TIKAning Bolqonlar va Sharqiy Yevropa bo’yicha bo’limi rahbari Mahmud Chevikning shaxsan o’zi iftor ziyofatida ishtirok etdi.

U iftorda Arakandagi musulmonlarning mashaqqatli hayotiga e’tibor qaratar ekan, sabr va qiyin kunlarning ortidan yaxshi kunlar kelishini tilga oldi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rahnamoligida Turkiyaning barcha tashkilotlari Arakandagi musulmonlarning madadkoriga aylanganligini tilga olgan Mahmud Chevik: “Turk vakillar islom dunyosini va rivojlangan davlatlarni bu zulmga loqayd bo’lmaslik uchun ogohlantirdilar va masalani dunyo kun tartibiga olib chiqdilar. O’tmishda sizga hamdard bo’lgan Turkiya nafaqat bugungi kunda balki, kelgusida ham madadkoringiz bo’lib qoladi”,-dedi.

TIKAning Bangladeshdagi kordinatori Refik Chetinkaya ham Arakandagi musulmonlarni ramazon oyi bilan tabrikladi.

TIKA vakillari iftordan oldin u yerdagi musulmonlarning sharoiti bilan tanishdi, ularning muammolariga quloq soldi. Shu bilan birga musulmon oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va bolalarga turli sovg’alar tarqatildi.

Ta’kidlash joizki, TIKA 60 yildan beri turli loyihalar bilan mintaqada qiyin sharoitlarda yashagan musulmonlarga yordam berib keladi.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, 25 avgustdan e’tiboran Myanmadagi zulmga bardosh bera olmagan 688000 musulmon Bangladeshga qochib o’tdi.

1970 yillarda Arakanda taxminan 2 mln musulmon yashaganligi taxmin qilinar ekan, xozirda bu raqam 350000 ga kamaygan.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra, mintaqada musulmonlarga tegishli 350 dan ortiq qishloq yoqib yuborilgan.

TIKA xozirda arakanlik musulmonlar uchun tashkil qilingan qochqin lagerlarida har kuni 6000 kishini issiq ovqat bilan ta’minlamoqda, minglab aholiga gumanitar yordam tarqatmoqda.

Bundan tashqari, TIKA mintaqada kelgusida daromad keltiruvchi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #TIKA , #Arakan , #musulmon , #gumanitar yordam

Aloqador xabarlar