Prezident Erdog’an Venesuela Prezidenti Maduro bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Venesuela Prezidenti Maduro telekonferentsiya orqali ikki mamlakat o’rtasida shartnomaga qo’l qo’ydi.

974149
Prezident Erdog’an Venesuela Prezidenti Maduro bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Venesuela Prezidenti Maduro telekonferentsiya orqali ikki mamlakat o’rtasida shartnomaga qo’l qo’ydi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Prezidentlik majmuasida Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda ikkala mamlakat o’rtasida shartnomaga ham qo’l qo’yildi.

Prezident Erdog’an uchrashuv chog’ida,

“Venesuela bilan 2016-yili 83 million AQSh dollaridan iborat bo’lgan savdo hajmimiz 2017-yili 154 million AQSh dollariga yetdi. 2018-yilning birinchi 3 oyida esa savdo hajmimiz yarim milliard AQSh dollaridan ortdi. Bundan xursand bo’ldim. Bu raqamning yilning oxiriga borib 2 milliard AQSh dollariga ko’tarilishiga ishonchim komil” dedi.

Erdog’an shuningdek, Venesuelada 20-may kuni o’tkaziladigan Prezidentlik saylovlarining tinchlik va totuvlik ichida o’tishini tiladi.

Undan tashqari Maduroga muvaffaqiyatlar tilagan Erdog’an, Turkiyada 24-iyun kuni Prezidentlik va parlament saylovi o’tkazilishini eslatdi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi oliy darajali faoliyatlarning Turkiya va Venesuela munosabatlarining kelajagiga ijobiy hissa qo’shajagini ta’kidlagan Prezident Erdog’an, “Kelasi hafta o’tkaziladigan saylovingizni yaqindan kuzatmoqdamiz. G’alabaga erishishingizga ishonamiz” dedi.

Erdog’an, 24-iyundagi saylovda o’zi g’olib chiqqudek bo’lsa unda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning yana-da mustahkamlanajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Prezident Erdog’an o’tgan yilning 13-dekabrida Istanbulda o’tkazilgan Islom Hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitida Maduroning maxsus mehmon sifatida ishtirok etishidan xursand bo’lganliklarini eslatar ekan ayni vaqtda bugungi sammitda ham ishtirok etishidan alohida baxtiyor bo’lganliklarini belgilab o’tdi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa eng avvalo 20-may kuni o’tkaziladigan saylov haqidagi yaxshi tilaklari uchun Prezident Erdog’anga minnatdorchilik bildirar ekan ortidan Turkiya bilan bo’lgan munosabatidan Venesuelaning xursand ekanligini ifoda etib, ikki mamlakat o’rtasidagi strategik munosabatlarning shaxdam qadamlar bilan ilgarilayotganligini ta’kidladi.

Maduro Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealarni yaqindan kuzatib borayotganliklariga ham to’xtalar ekan shu doirada, “Ayniqsa oxirgi vaqtlarda Falastinda yuz bergan voqealar asosida dunyodagi barcha musulmon davlati shu jumladan Falastinni qo’llab-quvvatlashimizni ochiq-oydin ifoda etmoqchiman” deya gapirdi.

O’zaro munosabatlarni mustahkamlash say-harakati ichida ekanliklariga e’tibor qaratgan Maduro o’z so’zini:



Aloqador xabarlar