IHT sammiti ertaga Istanbulda o’tkaziladi

Binali Yildirim Bangladesh, Pokiston, Marokash, Jazoir Bosh vazirlari, Qatar Davlati Bosh vaziri va Ichki ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqat qildi.

972624
IHT sammiti ertaga Istanbulda o’tkaziladi

Bosh vazir Binali Yildirim bangladeshlik kasbdoshi Shayxa Hasina, marokashlik kasbdoshi Sadeddin al-O’smoniy, Pokiston Bosh vazir Shahid Hakan Abbosiy, Qatar Davlati Bosh vaziri va Ichki ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Nosir bin Halifa al-Soniy bilan Jazoir Bosh vaziri Ahmad Uyahyani Islom Hamkorligi tashkilotining navbatdan tashqari sammitiga taklif qildi.

Bosh vazirlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra Binali Yildirim Bangladesh, Pokiston, Marokash, Jazoir Bosh vazirlari, Qatar Davlati Bosh vaziri va Ichki ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqat qilgan.

Muloqat chog’ida mazkur davlat bosh vazirlarini “Ramazon oyi” bilan tabriklagan Bosh vazir Binali Yildirim ortidan ularni, falastinliklar masalasi ustidan, haftaning juma kuni Istanbulda, Turkiyaning bu davrgi rahbarligidao’tkaziladigan Islom Hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitiga taklif qildi.

Sammitda ishtirok etish borasida har bir davlat bosh vaziri tomonidan ijobiy javob olinar ekan, ayni vaqtda ularning, Turkiyaning bu haqidagi ko’z qarashlari va Falastin xalqining dardiga hamroh ekanliklarini ifoda etganliklari o’rganildi.



Aloqador xabarlar