Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbatda Falastindagi vaziyat muhokama qilindi.

972496
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbatda Falastindagi vaziyat muhokama qilindi.

Erdo’g’an G’azo chegarasida 62 nafar falastinlikning halok bo’lganligini eslatib, bu hodisalar oldida musulmonlar birdamlikda o’z pozitsiyasini namoyon qilishi kerakligini tilga oldi.

Erdo’g’an va qirol Salmon Islom hamkorlik tashkilotining juma kuni Istanbulda bo’lib o’tadigan shoshilinch yig’ilishi haqida fikr almashdi.

Turkiya prezidenti bundan tashqari, Qatar amiri Al Sani, Indoneziya davlat rahbari Vidodo va Sudan prezidenti Al-Beshir bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Al-Qudsdagi keskinlik va Islom hamkorlik tashkilotining Istanbulda bo’lib o’tadigan yig’ilishiga tayyorgarlik muhokama qilindi.

Erdo’g’an Quvayt amiri Shayh Sabah Al-Ahmad Al-Jabir As-Sabah, Falastin dvlat rahbari Mahmud Abbos, Iordaniya qiroli 2-Abdullah va Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad bilan ham muloqot qildi.

 

 



Aloqador xabarlar