Turkiya OSK, Prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi nomzodlarning ismini e’lon qildi

Turkiya Oliy saylov komissiyas, Prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi nomzodlarning ismini e’lon qildi.

969596
Turkiya OSK, Prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi nomzodlarning ismini e’lon qildi

Turkiya Oliy saylov komissiyasi 2018-yilning 24-iyuni kuni mamlakatda bo’lib o’tadigan Prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi nomzodlarning ismini e’lon qildi.

Rasmiy gazetada chop etilgan OSKning mazkur qaroriga ko’ra Prezidentlik lavozimi uchun kurashda alfavit tartibiga ko’ra Dog’u Perinchek, Meral Akshener, Muharrem Inje, Rajap Tayyip Erdog’an, Selahattin Demirtash va Temel Karamollao’g’ullari ishtirok etadi.   

Qarorda, nomzodlarning tug’ilgan yili va qaysi universitetni tamomlaganligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rin oldi.



Aloqador xabarlar