Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an ertaga Buyuk Britaniyaga safar qiladi

Erdo'g'an 13-15 may kunlarini o’z ichiga olgan tashrifi davomida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va bosh vazir Tereza Mey bilan uchrashadi.

969406
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an ertaga Buyuk Britaniyaga safar qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an ertaga 13 may kuni davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyaga jo’nab ketadi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Erdo'g'an 13-15 may kunlarini o’z ichiga olgan tashrifi davomida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va bosh vazir Tereza Mey bilan uchrashadi.

Erdo'g'an, shuningdek, Turkiya-Britaniya forumi Tatlıdil’ning 7-majlisi yopilishida ishtirok etadi hamda Buyuk Britaniya biznes doiralari vakillari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Chatham House tahliliy markazida nutq so'zlaydi.

Prezident Erdo’g’anning Londonda bo’lib o’tadigan uchrashuvlarida, iqtisodiyot, tijorat, xavfsizlik, mudofaa sanoati, madaniyat kabi sohalar bo’yicha o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, Suriya va Iroqdagi o’zgarishlar, keng ko’lamli mushtarak harakatlar rejasi, Kipr, Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlari, terrorizmga qarshi xalqaro kurash kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

Buyuk Britaniya Turkiyaning strategik ittifoqdoshlari va asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 16 mlrd dollardan oshadi. Ikki davlat global va mintaqaviy xavflarni bartaraf etish masalalarida jadal muloqot olib boradi.

 



Aloqador xabarlar