Turkiya prezidenti Malayziyaning yangi bosh vaziri Mahathir Muhammadni tabrikladi

Erdo’g’an Mahathir Muhammadni saylovdagi g’alabasi bilan tabriklar ekan, bosh vazirlik vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

969363
Turkiya prezidenti Malayziyaning yangi bosh vaziri Mahathir Muhammadni tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Malayziyaning yangi bosh vaziri Mahathir Muhammadni tabrikladi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya prezidenti Erdo’g’an Malayziyadagi umumiy saylovlarda g’alaba qozongan bosh vazir Mahathir Muhammadga qo’ng’iroq qildi.

Erdo’g’an Mahathir Muhammadni saylovdagi g’alabasi bilan tabriklar ekan, bosh vazirlik vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki yetakchi suhbat chog’ida Turkiya-Malayziya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.



Aloqador xabarlar