Turkiya prezidenti AQShning qarorini salbiy baholadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Hasan Ruhoniy bilan bo'lgan suhbatida AQShning kelishuvdan chiqish qarori to'g'ri qaror emasligini, mushtarak harakatlar rejasini saqlab qolish tarafdori ekanligini ma'lum qildi.

968239
Turkiya prezidenti AQShning qarorini salbiy baholadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefonda muloqot qildi.

Suhbat chog'ida AQShning Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qarori muhokama qilindi.

Prezident Erdo'g'an suhbatda AQShning kelishuvdan chiqish qarori to'g'ri qaror emasligini, mushtarak harakatlar rejasini saqlab qolish tarafdori ekanligini ma'lum qildi.

 



Aloqador xabarlar