Beril Dedeog’li Prezident Erdog’anning chet elga bo’lgan amaliy tashriflarini baholadi

Beril Dedeog’li Prezident Erdog’anning chet elga bo’lgan amaliy tashriflarini baholar ekan shu doirada prezidentning yaqindagina, O’zbekiston va Janubiy Koreyaga bo’lgan tashrifiga ham to’xtaldi.

965057
Beril Dedeog’li Prezident Erdog’anning chet elga bo’lgan amaliy tashriflarini baholadi

Turkiyaning “Galatasaray” nomidagi universiteti, Iqtisodiy va ma’muriy fanlar fakulteti, Xalqaro munosabatlar bo’limi o’qituvchisi professor doktor Beril Dedeog’li Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning chet elga bo’lgan amaliy tashriflarini baholadi.

Dedeog’li Prezident Erdog’anning chet mamlakatlarga bo’lgan tashriflarining savdo, siyosat va investitsiya masalalaridan ham afzal ekanligini eslatib o’tgan holda,  

“Bu degani Turkiya nafaqat Janubiy Koreya va O’zbekiston balki Markaziy Osiyo, Uzoq sharq va Janubiy Amerika kabi dunyoning to’rt burchagiga ham yeta oladigan davlat” degan ma’noni anglatadi deya gapirdi.  

Prezident Erdog’anning O’zbekiston va Janubiy Koreyaga bo’lgan amaliy tashrifini Beril Dedeo’g’li, Turkiyaning yadroviy qurolsizlanish masalasini qo’llab-quvvatlashi jihatidan ham muhim rol o’ynaganligini qayd etdi.

Dedeo’g’li, Janubiy va Shimoliy Koreya o’rtasida urushga aylanib ketish ehtimoli bo’lgan bir jarayon ortidan, mazkur muammoni hal qiladigan bir davrning boshlatilganligini lekin bu qadamlar orqali muammoning butunlay hal qilinmasligi ham mumkinligini eslatgan holda,

Erdog’anning Janubiy Koreyaga bo’lgan tashrifining, Turkiyaning, dunyoning yadroviy qurollardan, hatto barcha qurol turlaridan xoli qilinishi masalasini qo’llab-quvvatlashi jihatidan katta ahamiyat kasb etganligini ta’kidladi.

Dedeo’g’li, Prezident Erdog’anning Janubiy Koreyada, “Turkiya Respublikasining e’lon qilinishining 100-yilligi sanasi yani 2023-yilgacha amalga oshirishni maqsad qilgan yirik dasturda o’rin olgan  Kanal Istanbul loyihasida Janubiy Koreya firmalarining ham ishtirok etishidan alohida xursand bo’lamiz” degan bayonotiga ham to’xtalgan holda,

“Janubiy Koreya texnologiya va infrastruktura tarmog’idagi investitsiyalar borasida o’zini isbotlagan davlat hisoblanadi. Shunday ekan Turkiya mazkur tashrif chog’ida Janubiy Koreyadan ham narx ham da texnik jihatdan maqul takliflar olgandir. Lekin Turkiya boshqa takliflarga ham ochiq” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar