Turkiya Junckerning Turkiya haqidagi bayonotini qoraladi

Turkiya Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Jean Claude Junckerning kecha Gretsiya parlamentida Turkiya haqida so'zlagan bayonotini qoraladi.

959882
Turkiya Junckerning Turkiya haqidagi bayonotini qoraladi

Turkiya, Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Jean Claude Junckerning kecha Gretsiya parlamentida bergan bayonotlarini, “jiddiyatsiz va asossiz” ekanligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Aksoy, Junckerning bayonotlariga to’xtalar ekan bu haqida,

“Jiddiyatdan uzoq va huquqiy asosdan mahrum mazkur bayonotlarni qabul qilmaymiz” dedi.

Aksoy, Junckerning Gretsiya parlamentidagi bayonotida Turkiyaga qaratilgan so’zlari haqidagi savollarga javob berdi.

Hami Aksoy, Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Junckerning Gretsiya parlamentida so’zlagan nutqida, Turkiyani qiziqtirgan masalalarda, “Hamjihatlik” niqobi ostida, mutaxassislardek qaror qabul qilishga o’rganib qolganligi kuzatilganligini belgilab o’tgan holda,

“Yevropa ittifoqining Egey va O’rta yer dengizi haqida Gretsiya va Kiprning grek tomoni ko’z qarashiga tayangan bu bayonotlari yuzasidan Yevropa ittifoqi rasmiylariga bo’lgan ishonchimiz kun o’tgan sayin yo’qolib bormoqda. Jiddiyatdan uzoq va huquqiy asosdan mahrum bu bayonotlarni qabul qilmaymiz” dedi.

O’tgan oyda Edirneda harbiy hijatdan taqiqlangan zonaga kirganligi uchun nazorat ostiga olingan grek askari haqidagi Junckerning, “mutlaqo ozot etilishi kerak” degan bayonini ajablangan holatda o’rganilganligini eslatgan Hami Aksoy,

“Turk qonunlarini buzgan grek askarlarining mustaqil sud hokimiyati oldida hech qanday imtiyozi yo’q. Xohlaganda qonunlarni eslatgan, xohlaganida esa sud jarayoniga aralashgan bunday ikki yuzlamachi tushunchalarni qoralaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.   



Aloqador xabarlar