Erdog’an: “Mustamlakachilarning eng buyuk quroli spirtli ichimliklar va ko’knor”.

Yoshlarini spirtli ichimliklar, giyohvand modda, qimor va terror kabi yo’laklarda qo’ldan boy bergan mamlakatlarning kelajagining qorong’u ekanligini ta’kidlagan Erdog’an, “Mustamlakachilarning eng buyuk quroli spirtli ichimliklar bilan ko’knor" dedi.

956200
Erdog’an: “Mustamlakachilarning eng buyuk quroli spirtli ichimliklar va ko’knor”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an mustamlakachilarning eng buyuk qurolining spirtli ichimliklar va ko’knor ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Istanbulda “Yeshilay Zumruduanka” deb nomlangan mukofat taqdim etish marosomida nuqt so’zladi.

O’z nutqida sog’lom avlodning bir mamlakat kelajagi ekanligiga to’xtalgan Erdog’an, “Bir xalqning eng buyuk boyligi, eng buyuk kuch-quvvat manbaai, ham ma’naviy, ham fikran, ham jismonan sog’lom avlod egasi bo’lishdir” dedi.

O’z yoshlarini spirtli ichimliklar, giyohvand modda, qimor va terror kabi yo’laklarda qo’ldan boy bergan mamlakatlarning kelajagining qorong’u ekanligini ta’kidlagan Prezident Erdog’an, “Mustamlakachilarning eng buyuk quroli spirtli ichimliklar bilan ko’knordir” dedi.  

Erdog’an, “Bizdek insonlarga ro’para bo’lgan PKKdek terror tashkilotining eng yirik daromad manbaai giyohvand modda savdosidir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Spirtli ichimliklar va ko’knorning mustamlakachilarning eng buyuk quroli ekanligini qayd etgan Prezident Erdog’an, Afrika davlatlarida mahalliy qabilalarning spirtli ichimliklarga o’rgatilganligini, hatto shaxtada ishlagan ishchilarning maoshining spirtli ichimliklar orqali to’langanligini eslatdi.

Sovuq urush yillarida giyohvand modda savdosining Sharq va G’arb davlatlari o’rtasidagi urushning eng muhim vositalaridan biri bo’lganligini, yirik kuchlar himoyasida qo’l urilgan mazkur ayanchli savdo orqali qo’lga kiritilgan daromadlar yordamida ba’zi davlatlarda to’ntarishlar uyushtirilganligini, ichki urushlarga yo’l ochilganligini, demokratik rejimlarning yo’q qilinganligini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar