Bekir Bozdag’ Vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga brifing berdi

Vazirlar kengashi yig’ilishida Suriyaning Afrin tumanida davom etayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti natijalari muhokama qilindi.

947965
Bekir Bozdag’ Vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga brifing berdi

 

Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag’ Chankaya ko’shkida bosh vazir Binali Yildirim boshchiligida amalga oshirilgan Vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga brifing berdi.

Vazirlar kengashi yig’ilishida Suriyaning Afrin tumanida davom etayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti natijalari muhokama qilinganligini ta’kidlagan Bekir Bozdag’: ““Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti davomida bugungacha 52 nafar qahramon askarimiz halok bo’ldi. Janglarda 232 qahramon askarimiz jarohatlandi. Qolaversa, 7 nafar mahalliy fuqaro nobud bo’ldi, 125 nafari yaralandi. Halok bo’lgan qahramon askarlarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Yaradorlar tezda sog’ayib ketishiga tilakdoshmiz. Harbiy amaliyotlar doirasida PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh terror tashkiloti safida jang qilgan jami 4044 jangari yo’q qilindi. 282 qishloq va 332 hududda nazorat yo'lga qo'yildi. Bulardan 50 nafari strategik ahamiyatga ega bo’lgan hudud bo’lib hisoblanadi. Afrin hududi butunlay jangarilardan qutqarildi. Nazorat yo’lga qo’yilgan umumiy maydon 2000 km kvadratni tashkil qiladi”,-dedi.

Brifingda muhbirlarning Suriyadagi vaziyat haqida savoliga javob bergan Bekir Bozdag’: “Barchamizning vijdonimiz bilan harakat qilish vaqti yetib keldi”,-dedi.

AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyada kimyoviy qurol bilan hujum sodir etilganiga doir izohlari haqida fikr bildirgan Bekir Bozdag’ Suriyada ro’y berayotgan voqealar barchani chuqur iztirobga solganligini tilga oldi.

Bekir Bozdag’ning aytishicha, Suriya hukumati bundan oldin ham kimyoviy qurol qo’llagan. Ana o’shanda butun dunyo oyoqqa turgan, tekshiruv o’tkazilgan, biroq bunga qarshi aniq chora ko’rilmagan.

“Albatta, Amerika bunga munosabatini bildirdi. Rossiya ham munosabat bildirdi. Razim solgangiz bu iddaolar bir-biri tomonidan qabul qilinmayabdi. Ammo, o’rtada dalillar mavjud. Voqealarning tasvirlari mavjud. Xabarlar mavjud. Bu tasvir va fotosuratlarni tomosha qilar ekansiz, bu hujum oddiy qurollar bilan sodir etilmaganiga qanoat hosil qilasiz. Mutahassislar ham shu fikrda. Shunday ekan, bu masala aniq va kechiktirilmasdan tekshirilishi zarur. Bunga aniqlik kiritilishi zarur. Tomonlarning iddaolariga tashlab qo’ymaydigan darajada olamshumul hodisa bu”,-dedi Bekir Bozdag’.

U “Biz Turkiya sifatida xalqaro tashkilotlarning o’z maqsadiga mos ravishda faoliyat olib borishi kerakligini yana bir bor tilga olmoqchimiz. Suriya endilikda olamshumul masalaga aylandi. Barchamiz vijdonimiz bilan harakat qilish vaqti yetib keldi. Umid qilamizki, bundan keyin xalqaro hamjamiyat faqatgina so’zda emas, amalda ish bajaradi”,-dedi.



Aloqador xabarlar