Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afg’onistonga yetib keldi

Binali Yildirim poytaxt Kobulda Afg’oniston ijro hay’ati raisi Abdulloh Abdulloh bilan uchrashdi.

946846
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afg’onistonga yetib keldi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afg’onistonga yetib keldi.

Binali Yildirim poytaxt Kobulda Afg’oniston ijro hay’ati raisi Abdulloh Abdulloh bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Binali Yildirim Afg’onistonda terrorizmga qarshi kurashda qo’lni qo’lga berish va o’tmishni ortda qoldirib, porloq kelajak barpo etish vaqti yetib kelganligini ta’kidladi.

Uning fikricha, oxirgi damlarda Afg’onistonda terrorizmni tubdan bartaraf etish yo’lida amalga oshirilgan tinchlik jarayoni juda jasurona va ma’noli qadam bo’lib hisoblanadi.

Asosan, Tolibonning ushbu tarixiy fursatdan oqilona foydalanishidan umidvorligini tilga oldi.

“Endilikda qo’lni qo’lga berish, o’tmishga emas, kelajakka tomon intilish vaqti yetib keldi deb o’ylayman”,-dedi Binali Yildirim.

U eng boshidan beri Afg’oniston va qo’shni davlat Pokiston masalani muzokara yo’li bilan hal qilishi tarafdori bo’lgan Turkiya buning uchun ikki marta uch tomonlama uchrashuvga mezbonlik qilganligini eslatdi.

Turkiya mintaqada asosan Suriyadagi ichki urushdan keyin yuzaga kelgan hukumat bo’shlig’i va terror tashkilotlaridan kelib chiqqan tahlikaga qarshi ayovsiz kurash olib borganligini tilga olgan Binali Yildirim: “Umid qilamizki, yaqin kelajakda qo’shni davlatlar Suriya va Iroqda barqarorlik ta’minlanadi, ushbu davlatlarning xududiy yaxlitligi saqlab qolinadi, barcha etnik güruhlar tinch-totuv yashaydigan yangi boshqaruv tizimi tashkil qilinadi”,-dedi.

Turkiyada ro’y bergan 15 iyul voqealariga e’tibor qaratgan Binali Yildirim ushbu murakkab jarayonda haqiqiy do’st ekanligini yana bir bor isbotlagan Afg’onistonga minnatdorlik bildirdi.

Binali Yildirim Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilinadi va Kobuldagi Turk xizmat kuchi qo’mondonligiga tashrif buyuradi.

Binali Yildirimning Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan Afg’onistonda barpo etgan “Shahid Bulent Aydin” masjidi ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg'oniston , #Kobul , #Ashraf G’ani

Aloqador xabarlar