Jean-Klaude Juncker:“Turkiya-Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi a’zolik muzokaralarining kafolati menman”

Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Klaude Juncker bu so’zlarni Bolgariyaning Varna shahrida bo’lib o’tgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitidan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

938297
Jean-Klaude Juncker:“Turkiya-Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi a’zolik muzokaralarining kafolati menman”

Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Klaude Juncker: “Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi a’zolik muzokaralari davom etishining kafolati menman”,-dedi.

Jean-Klaude Juncker bu so’zlarni Bolgariyaning Varna shahrida bo’lib o’tgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitidan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

“Bizni tanqid qilgan xususlarda bosh qotirishimiz kerak. Aslida, mushtarak manfaatlarga va mushtarak qiyinchiliklarga egamiz. Bularga birgalikda chora ko’rishimiz kerak. Xavfsizlik masalalari bilan bog’liq geostrategik manfaatlarga egamiz. Bugungi kunda buni teskarisini aytganlar bor, lekin bunga qaramay muzokaralar davom etadi. Muzokaralarning davom etishining kafolati menman”,-dedi Jean-Klaude Juncker.

Turkiya Yevropa Ittifoqining haqiqiy hamkori bo’lishidan umidvorligini tilga olgan Jean-Klaude Juncker: “Strategik hamkorlikda bizni birlashtirganlar atrofida to’planib, bizni bo’layotgan mavzularga yechim topish uchun samimiy va oshkora hamkorlik va muloqotni davom ettirishimiz darkor”,-dedi.

Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk ham Turkiyaning migratsiya masalasi bo’yicha ko’rsatgan g’ayratini taqdirlaganligini tilga oldi.

U Turkiya va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi yaxshi aloqalar Turkiyaning ittifoqqa a’zo bo’lish jarayonida ijobiy ro’l o’ynashini tilga oldi.

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov: “Iyun oyigacha vaziyatga qarab takror uchrashamiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar