Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti bilan muloqot qildi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya-Germaniya munosabatlari ko’zdan kechirildi.

935044
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti Frank Volter Steinmeier bilan telefonda muloqot qildi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya-Germaniya munosabatlari ko’zdan kechirildi.

Ikki davlat rahbari Turkiya va Germaniya o’rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko’tarish xususida qat’iyligini tilga oldilar.

Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o’tgan hafta muloqot qilganligini eslatgan Erdo’g’an, Germaniyada tuzilgan yangi hukumat bilan muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qat’iy ekanligini tilga oldi.

Terrorizmga qarshi mushtarak kurashning ahamiyatiga to’xtalgan Erdo’g’an Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti haqida Steinmeierga ma’lumot berdi.



Aloqador xabarlar