Mevlut Chavusho’g’li Manbij haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li poytaxt Anqarada jurnalistlar savoliga javob berar ekan ayni vaqtda Manbij haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

934671
Mevlut Chavusho’g’li Manbij haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan Suriyada bosib olingan barcha mintaqaning qutqarilishi kerakligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li poytaxt Anqarada jurnalistlar savoliga javob berdi.

Suriyaning Halab viloyatining Manbij tumanining terroristlardan qutqarilishi masalasida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan kerakli muzokaraning davom etganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, mavzu haqida ommaviy axborot vositasida o’rin olgan va Turkiyaning Manbij masalasida AQSh bilan kelishib olganligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Mevlut Chavusho’g’li shu doirada,

“Suriyaning ayniqsa Manbij va Firat daryosida tinchlikning o’rnashi uchun AQSh bilan kelishib oldik demadik, vaziyatni tushunib oldik. Agar ishchi guruhi chizgan yo’l xaritasida til topishgudek bo’lsak unda kelishib oldik deyishimiz mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Mintaqada tinchlikning o’rnashi uchun eng avvalo nomi tilga olingan mintaqaning terroristlardan qutqarilishi kerakligini ifoda etgan Chavusho’g’li, suriyaliklarning o’z yurtiga qaytishlariga PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining to’siqlik qilganligini qayd etdi.

Chavusho’g’li Suriyada terror xavfidan qochib Turkiyada jon saqlagan kurdlarning o’z tuproqlariga qaytishlariga PKK/PYD-YPG terror tashkilotining ruxsat bermaganligini belgilab o’tdi.

Shuningdek, AQSh tomonidan DEASh bahonasi bilan Manbijga joylashtirilgan PKK/PYD-YPG terror tashkiloti a’zolarining mintaqani tark etishlari haqidagi amerikalik rasmiylar bergan va’dalarni eslatgan Mevlut Chavusho’g’li, yuqorida nomi tilga olingan terror tashkilotining faqatgina Manbijni tark etishining aslida yetarli emasligini ma’lum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar