“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3569 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 3569 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

931716
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 3569 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 3569 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra hududlar va mintaqa xavfsizligi bilan barqarorligini ta’minlash, Suriyaning shimoli-g’arbida joylashgan Afrin tumanida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terroristlar zulumidan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyoti davom etmoqda.

Shu doirada amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan jami terroristlar sonining 3569 nafarga yetganligi ham qayd etildi.

Shu bilan birga Turk Qurolli kuchlari bilan Erkin Suriya armiyasi Afrinning yana yetita shu jumladan tumanning Haji Kasimli, Eshkansharki va Astaro qishlog’ini; tumanga qarashli Mabatli shaharchasidagi Kokani va Aynel Hajer va Jinderes shaharchasiga qarashli Heltangarbi va Chakilliejjum qishloqlarini YPG/ PKK-DEASh terror tashkilotidan qutqardi.

Bu orqali Mabatli shaharchasi bilan Afrin tuman markazi o’rtasidagi asosiy avtomobil yo’lining aloqasi uzilgan bo’ldi.

TQK bilan ESAning “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida nazorat ostiga olgan mintaqa soni 224 tasi qishloq va 44 tasi strategik tepalik bo’lish bilan birga jami 268taga yetdi.  

Afrin tuman markazi atrofidagi qurshovni toraytgan birliklar Kafer Chilni qo’lga kiritgan holda markazga oid tashqi mahallalarning 600 metr yaqiniga yetib borgan vaziyatda.

Afrin mintaqasi, tuman markazi bilan Raju, Bulbul, Shayx Hadid, Jinderes, Sheran va Mabatli jami 6 shaharchadan iboratdir.

Hozirda Mabatlidan tashqari barcha shaharcha markazlari TQK va ESAning nazorati ostida.



Aloqador xabarlar