Binali Yildirim: “Yevropa qit’asi terror tashkilotiga butunlay taslim bo’ldi”.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Yevropa parlamentining Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotini to’xtatishni talab qilgan undoviga e’tiroz bildirdi.

931936

Hozirning o’zida Bosh vazir Binali Yildirim amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo’lar ekan u yerda jurnalistlarga bayonot berdi. Shu doirada, Yevropa parlamentining qarorni noto’g’ri va ahmaqona ravishda baholagan holda ba’zan shunaqangi chiqishlar qilib turishini qayd etdi.

“Terrorga qarshi kurashni ular olib boryapdimi?” degan savolga qarshi esa Bosh vazir Yildirim,

“Ular o’rindig’ida issiqqina o’tirar ekan Turkiya ham o’z yurti, ham Yevropada terrorizmning yoyilishining oldini olmoqda” deb javob berdi.

Yevropa parlamentining bu borada o’tmishining yaxshi emasligini ham ta’kidlagan Binali Yildirim,

“Eng achinarlisi Yevropa qit’asi terror tashkilotiga butunlay taslim bo’ldi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aloqador xabarlar