Nihat Zeybekchi QISK yig'ilishi doirasida bugun Portugaliyada

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya va Portugaliya Qo’shma iqtisodiy va savdo komissiyasining (QISK) yig’ilishi doirasida bugun Portugaliya poytaxti Lissabonda.

926323
Nihat Zeybekchi QISK yig'ilishi doirasida bugun Portugaliyada

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya va Portugaliya o’rtasidagi savdo hajmining 5 millard AQSh dollariga chiqarish niyatida ekanliklarini eslatib o’tgan holda,

“Portugaliya va Turkiya ishbilarmonlari barcha tarmoqlarda o’z hamkorliklarini ortirgudek bo’lsa unda Portugaliya va Turkiyaning madaniy hududidagi uchinchi bir davlat bilan qilgan hamkorligi orqali ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 5 milliard emas 10 milliard AQSh dollariga chiqishi ham hech gap emas” dedi.

Nihat Zeybekchi Turkiya va Portugaliya Qo’shma iqtisodiy va savdo komissiyasining navbatdagi yig’ilishi doirasida bugun poytaxt Lissabonda.

Shu doirada Portugaliya Tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silva va Portugaliya Xalqarolashtirish bo’yicha davlat kotibi Eurico Brilhante Dias bilan investitsion davra suhbatida ishtirok etgan Zeybekchi, ortidan Turkiya-Portugaliya biznes forumiga ham qatnashdi.

Tashrifning ikkala mamlakat o’rtasidagi yaqin hamkorlik ko’rsatkichi ekanligini ifoda etgan Nihat Zeybekchi, Turkiya bilan Portugaliyaning bir-biri uchun katta imkon ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

Turkiya bilan Portugaliyaning Yevropaning ikki uchida o’rin olganligiga e’tibor qaratgan Zeybekchi, ikkala mamlakat o’rtasidagi savdoning ahamiyatiga to’xtaldi.

Portugaliya va Turkiya o’rtasidagi savdo hajmining 1.5 milliard AQSh dollari ekanligini eslatgan Iqtisodiyot vaziri,

“Bu raqam 2018-yili 1.8 milliard AQSh dollariga chiqishi mumkin. Niyatimiz 5 milliard AQSh dollaridir. Lekin Portugaliya va Turkiya ishbilarmonlari barcha tarmoqlarda o’z hamkorliklarini ortirgudek bo’lsa unda Portugaliya va Turkiyaning madaniy hududidagi uchinchi bir davlat bilan qilgan hamkorligi orqali ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 5 milliard emas 10 milliard AQSh dollariga chiqishi ham hech gap emas” dedi.

Turkiyaning imkonlar diyori ekanligini eslatgan Nihat Zeybekchi, yaqin atrofda, Turkiyadan boshqa hech qaysi davlatning milliy daromadining nominal tarzda 3 ming 500 AQSh dollariga, xarid qobiliyati paritetiga ko'ra esa 26 ming 500 AQSh dollariga olib chiqolmaganligini belgilab o’tdi.  

Turkiya haqida noto’g’ri tushunchalar mavjudligini qayd etgan Nihat Zeybekchi,

“Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga to’laqonli kirishi strategik reja hisoblanadi. Turkiya bundan aslo voz kechmadi, kechmaydi ham. Chunki Turkiya, turklar oxirgi 2 ming yildan beri faqatgina g’arbga qarab yo’l oldi. Bu safar shundayin davom etadi. Yevropa ittifoqini bugungi kunda strategik rejalarimizdan biri hisoblar ekanmiz shu bilan birga demokratiyada, inson huquqlari, erkinlik, tinchlik, huquq, texnologiya, infratuzilma va qolaversa atrofdagi har bir tarmoqda huddi shunday rejalarimiz bor. Bu yo’lda ham tezlik bilan, shaxdam qadamlar ila ilgarilamoqdamiz” deya gapirdi.   

 



Aloqador xabarlar