Ozarbayjon  tuproqlarining  qarib 20 foizi chorak asrdir davom etgan ishg’olni qattiq qoralaymiz

Bosh vazir Binali Yildirim, Ozarbayjon  tuproqlarining  qarib 20 foizi chorak asrdir davom etgan ishg’olni qattiq qoraladi.

918551
Ozarbayjon  tuproqlarining  qarib 20 foizi chorak asrdir davom etgan ishg’olni qattiq qoralaymiz

Bosh vazir Binali Yildirim, Ozarbayjon  tuproqlarining  qarib 20 foizi chorak asrdir davom etgan ishg’olni qattiq qoraladi.

Yildirim, Xo’jali qatliomining 26- yilligi munosabati bilan tarqatgan yozma bayonotida, 1992- yili 26- fevralda Armaniston respublikasi birliklari tomonidan, hanuz  bu o’lkaning ishg’oli ostida bo’lgan Ozarbayjonning Qorabog’ hududidagi Xo’jali shaharchasiga uyushtirilgan hujum oqibatida,

106 nafar ayol, 63  nafari bola va 70  nafar keksa  bo’lib jami 613 nafar  begunoh Ozarbayjon yurtdoshi shafqatsiz ravishda  qatl etildi,  bir ming 275 kishi esa asir olindi.

 Ustidan 26 yil o’tishiga  qaramasdan 150 nafarning oqibati  hanuz ham ma’lum emas, qotillar hanuz ham sudga   tortilgani yo’q degan Yildirim, shunday  deb qayd etdi.

“Armaniston Respublikasining bosqinchiligi va Ozarbayjon tuproqlarini ishg’oli tufayli bir milliondan ziyod Ozarbayjonlik birodarimiz qochgin holatida davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi sifatida, Ozarbayjonlik birodarlarimiz duch kelgan vahshat va Ozarbayjon tuproqlarining qarib 20 foizi chorak asrdir ishg’olini qattiq qoralaymiz. Mazkur hujumni uyushtirgan qotillar hanuz ham sudga  tortilgani  yo’q , adolatning  bajo keltirilishi jihatidan juda muhimdir. Shu  bois, halok bo’lgan Ozarbayjon birodarlarimizga Ollohdan mag’firat, qurbonlarning  qarindoshlariga hamdardlik va ta’ziyalarimizni  bildiramiz.

 



Aloqador xabarlar