Suriyada Turkiya qurolli kuchlari safidan 1 harbiy halok bo'ldi

“Suriyaning Afrin tumanida terroristlarni yo’q qilishga qaratilgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida kecha ijro etilgan jangovar operatsiyada 1 harbiy halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

917792
Suriyada Turkiya qurolli kuchlari safidan 1 harbiy halok bo'ldi

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida yana 1 harbiy halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bayonot berdi.

“Suriyaning Afrin tumanida terroristlarni yo’q qilishga qaratilgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida kecha ijro etilgan jangovar operatsiyada 1 harbiy halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

“Bizni chuqur iztirobga solgan hujumda halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Shahidimizning motamsaro oilasiga va Turkiya qurolli kuchlari mansublariga, qolaversa ulug’ turk xalqiga samimiy hamdardligimizni izhor etamiz. Turk xalqiga sabr tilaymiz”,-deb yoziladi Turkiya qurolli kuchlari bayonotida.

 

 



Aloqador xabarlar